Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqandda “Raqamli transport koridorlari” xalqaro forumi o‘zi ishini boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
03.04.2024 3143 Yangiliklar

Forum birinchi kunidan “Tashuvlar sohasida xalqaro va transchegaraviy hamkorlik”, “Barqaror transport koridorlarini shakllantirishda raqamli texonlogiyalar” kabi sessiyalar o‘rin olgan.

 

Forum ishini O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ochib berdi. Tadbirda raqamli transport koridorlarini ishlab chiqish va boshqarishda o‘zaro hamkorlik va kooperatsiyani rivojlantirish zarurligi muhokama etilmoqda.

 

Qirg‘iziston Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Bekjan Rismendeyev, Tojikiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Shoista Saidmurodzoda, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi apparati rahbari o‘rinbosari Baxtiyar Mammedov, Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligining raqamlashtirish va davlat xizmatlari departamenti direktori Sergazi Omash, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdoni osonlashtirish va elektron biznes markazi (UN/CEFACT) raisi Syu Probert xonim ishtirok etishmoqda.