Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.01.2024 3178 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida 2024-yil 1-yanvardan boshlab, viloyatning Sariosiyo tumanidan «ATR-72», «Let L-410» va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aholi va turistlar tomonidan talab mavjud bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda bozor tamoyillari asosida Termiz xalqaro aeroportidan mavjud talablardan kelib chiqib, mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar geografiyasi kengaytirilishini taʼminlash topshirig‘i berilgan edi.

 

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash doirasida Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airwaysAJ va “Uzbekistan airportsAJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 2024-yil 5-yanvar kuni «Let L-410»  havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.

 

Ishchi guruh tomonidan ICAOning xalqaro normalariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan so‘ng Turizm qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini taʼminlash bo‘yicha  «ATR-72», «Let L-410» va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.