Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.06.2024 957 Yangiliklar

Bugun, 4-iyun kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan janoblari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv davomida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, transport va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan DXSh loyihalariga jalb etish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Muhammad Abunayyan janoblari mamlakatimiz transport tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ushbu jarayonda Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tdi.