Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saudiya Arabistoni kompaniyalari O’zbekistonning yo’l-qurilishi sohasiga investitsiya jalb etmoqchi

Chop etish Sahifani ulashish
16.08.2023 2866 Yangiliklar

Bugun, 16 avgust kuni Transport vazirligida Saudiya Arabistonining "Al Bawani Company" va "Shibh Al Jazira Contracting Company (SAJCO)" kompaniyalari konsorsiumi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Transport vaziri o'rinbosari Ilhom Abdugafarov "Al Bawani" kompaniyasining DXSH loyihalari bo'yicha direktori Jamil Adi hamda “SAJCO” kompaniyasining hamkorlik bo'yicha direktori Vakkos Ismoil bilan mamlakatimizda yo'l qurilishi sohasida davlat xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish masallarini muhokama etishdi.