Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
18.03.2024 1027 Yangiliklar

Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikamizning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi 32 ta reyslarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 17 ta avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.



Qatnovlar “Toshkent” avtovokzalidan Samarqand, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva shaharlariga amalga oshirilmoqda.



Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishing.

 

Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda "UzBus" mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: 71 207-87-00