Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Shovot va Xiva tumanlariga yangi 23 ta mikroavtobuslar olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
25.07.2023 2646 Yangiliklar

Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Shovot va Xiva tumanlari aholisi uchun yoʼlovchi tashish sifatlarini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlar tomonidan joriy yilning iyun - iyul oylarida 23 ta yangi rusumli mikroavtobuslar viloyatga olib kelindi.

 

Ayni damda mazkur mikroavtobuslar “Urganch – Shovot”, “Urganch – Xiva – Go'ja orqali” va "Beruniy – Urganch" yo‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, respublikaning barcha viloyatlarida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.