Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sian portidan O‘zbekistonga doimiy konteyner blok poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
26.01.2024 2118 Yangiliklar

Xitoyga amalga oshirilgan tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Temiryo‘lkargo" AJ delegatsiyasi ikki mamlakat o‘rtasida temir yo‘l tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator yirik loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi.

 

Xususan, blok poyezdlar jo‘natish bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinda turuvchi "Sian Xalqaro Porti"ga tashrif davomida quruqlik portining infratuzilmasi, mavjud logistik imkoniyatlari va yuqori axborot texnologiyalari bilan tanishildi.

 

Quruqlik portining rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida O‘zbekistonning import yuklarini "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poyezdlarida tashish yuzasidan  kelishuvga erishildi.