Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

So‘nggi 6 yilda Toshkent metrosi 29 ta zamonaviy harakat tarkibi bilan to‘ldirildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.05.2024 848 Yangiliklar

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2019-yildan boshlab, metropoliten parkini yangi zamonaviy turdagi harakat tarkiblari bilan to‘ldirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Metro vagon parklarini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan rejaviy ishlar natijasida so‘nggi 6 yilda “Toshkent metropoliteni” DUK uchun 29 ta zamonaviy harakat tarkibi (116 ta vagon) sotib olindi.



Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunga kelib, Toshkent metropoliteni harakat tarkibi parki 38 % ga yangilandi.