Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
28.03.2021 6403 Yangiliklar

 

Transport vazirligi ishchi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan dam olish kunlari muntazam ravishda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish o‘ziga hos an’anaga aylandi.

Bugun vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida aql gimnastikasi bo‘lmish shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur sport musobaqasi ko‘tarinki va o‘zaro do‘stlik ruhida o‘tdi hamda qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida g‘oliblar va ishtirokchilar taqdirlanib, ularga vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.