Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"BSEC-URTA" Bosh assambleyasining 44-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
02.09.2024 1093 Yangiliklar

Bugun poytaxtimizda "BSEC URTA" Qora dengiz Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar avtomobil tashuvchilar uyushmasi Bosh assambleyasi 44-majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda "BSEC URTA" Prezidenti Eduart Kasa, tashkilot Bosh kotibi Mexmet Uylukchu, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) Prezidenti Radu Dinesku, IRU Bosh kotibi Umberto de Pretto, TDT Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, O‘zbekiston Halqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) Raisi Sanjar Pulatov va tashkilotga a’zo davlatlar vakillari ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilish davomida Bosh Assambleya ishtirokchilari mintaqada avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish, chegaralarni kesib o‘tish tartib-qoidalarini uyg‘unlashtirish va soddalashtirish, xalqaro tashkilotlar va manfaatdor tomonlar bilan yaqin hamkorlik qilish bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘rib chiqdilar.

 

Shuningdek, majlisda Qora dengiz Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotining 2025-yil ish-rejalari ko‘rib chiqilib, "BSEC-URTA" Bosh assambleyasining 44-yig‘ilish yakuni bo‘yicha qarori qabul qilindi.