Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
15.10.2020 5253 Yangiliklar

 

2020 - yilning 12-13 - oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Transport vazirining o‘rinbosari A.K.Semyonov raisligida videokonferensiya tarzida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Qo‘shma komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda belgilangan yo‘nalishlarining holati va foydalanishga tayyorligi, xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalarini tayyorlash va qo‘llash, amaldagi yo‘nalishlar va o‘tkazish punktlarini rivojlantirish hamda yangilarini aniqlash, shuningdek, transport sohasida kutilayotgan hamkorlikdagi investitsion loyihalar bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama etdilar.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha 2020 yilning yakuniga qadar, ShHTga a’zo-davlatlar hukumatlari o‘rtasida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqidagi Bitimda (2014 y. Dushanbe) nazarda tutilgan, oltita yo‘nalishni ochishga tayyor ekanligi tasdiqlandi.

ShHTga a’zo-davlatlar hukumatlari o‘rtasida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqidagi Bitim 2014 - yil 12 - sentyabrda Dushanbe shahrida ShHTga a’zo-davlatlar hukumatlari Kengashi yig‘ilishi doirasida imzolangan va 2017- yil 20- yanvarda kuchga kirgan.

ShHTga a’zo-davlatlarning vakolatli organlaridan tashkil topgan avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Qo‘shma komissiya, Bitimni kelishgan holda va izchil amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi mexanizm hisoblanadi. Qo‘shma komissiyaning birinchi tashkiliy yig‘ilishi 2017- yilning may oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan.