Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekistonga kirishga qo‘yilgan cheklovlar 1 martga qadar uzaytirildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.01.2021 6638 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida, xususan boshqa mamlakatlardan virusning yangi shtammlarini kirib kelishini oldini olish borasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar(kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali mamlakatimizga kirish)ni to‘xtatish kabi choralar ko‘rilgan edi.

Hozirda yuzaga kelgan holatlarni tahlili hamda yuqorida qayd etilgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, 2021 yilning 1 fevraliga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 martiga qadar uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi;

so‘nggi 14 kun davomida ushbu davlatlarda bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi tartibi davom etiriladi.