Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Surxondaryoda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
27.08.2024 728 Yangiliklar

Bugun Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev viloyatda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari va haydovchilar bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda xalqaro yuk tashuvlari sohasida milliy tashuvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda o‘zbek tashuvchilarining manfaatlarini himoya qilish, xalqaro tashuvlarda ular duch kelayotgan muammolar yechimi yuzasidan fikr almashildi.

 

Xususan, avtotransportda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘rnatilgan yig‘im va to‘lovlarni kamaytirish, xorijiy davlatlar hududiga kirish va u erda bo‘lish, tranzit harakatlanish bilan bog‘liq  masalalar, xalqaro tashuvlarda bugungi kunda shakllanayotgan narx-navolarga oid muammoli jihatlar,  ushbu vaziyatning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar muhokama etildi.

 

Korxona rahbarlarining mazkur vaziyat yuzasidan fikr va mulohazalari atroflicha tinglandi.