Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha hisobot

Chop etish Sahifani ulashish
15.03.2024 1871 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yo‘l mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 211-son qarorining tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazish bo‘yicha hisoboti Jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

 

TSTB doirasida temir yo‘l mahsulotini majburiy sertifikatlashtirish sohasida o‘rnatilgan cheklov ta’siri baholanmoqda.

 

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

 

Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan quyida tanishishing. Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron pochta manzili orqali yuborishingiz mumkin.