Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Chop etish Sahifani ulashish
21.12.2020 5158 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 25 dekabrdan e’tiboran O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara pinktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartibga ko‘ra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiq natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

«Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020 - yil 25- dekabrdan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi tartibini hisobga olishi so‘raladi», deyiladi vazirlik xabarida.