Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

TAYINLOV: Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Chop etish Sahifani ulashish
15.04.2020 4225 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 apreldagi qarori bilan Choriev Jasurbek Ergashevich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar J.Choriev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Jasurbek Ergashevich Choriev 1978 yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1997 yil xalqaro iqtisodiy aloqalar mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan. 1997-2000 yillarda AQShning Boulder shahridagi Kolorado universitetida tahsil olgan. 2003 yili Toshkent davlat aviatsiya institutida aviatsiya mendjmenti yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan.