Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

TDT Transportni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
26.04.2024 2122 Yangiliklar

Joriy yilning 25–26-aprel kunlari Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov rahbarligidagi delegatsiya Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti  Transportni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2-yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda tomonlar tashkilot doirasida Transkaspiy transport koridorini rivojlantirish, transport hujjatlari va transport xizmatlarini e-Permit,  eTIR va eCMR kabi vositalaridan foydalanish orqali raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish,  shuningdek,  2023-yilning noyabr oyida tashkilot sammitida qabul qilingan “Transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik dasturi”ni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi doirasida birgalikda bajarilgan ishlar natijalarini muhokama qildi.

 

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron «e-Permit» ayirboshlash tizimi geografiyasini kengaytirish bo‘yicha ishlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.