Bugun, 30-may kuni Toshkent davlat transport universitetida Rossiya Federatsiyasining “Transmashxolding” AJ korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Transmashxolding” tarkibiga kiruvchi korxonalarda universitet talabalarining stajirovka va amaliyot o‘tash masalalari muhokama qilindi.
Bu TDTU talabalari va bitiruvchilari uchun kompaniya, uning faoliyati va rivojlanish istiqbollari haqida ko‘proq ma’lumot olishlari uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Uchrashuvda “Transmashxolding” korporativ universiteti direktori Nataliya Shishlakova hamda “TMH-Engineering” bosh direktori Dmitriy Petrakov Toshkent davlat transport universiteti tomonidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Bahodir To‘rayev, Xalqaro Ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Aleksandra Zhevak, Temir yo‘l fakulteti dekanlari Davron Rajiboyev va Yodgor Ro‘zmetovlar hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha amaldagi hamkorlik memorandumi doirasida 2029-yilgacha bo‘lgan qo‘shma “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Ushbu hujjat TDTU va Transmashxolding o‘rtasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati va innovatsion rivojlanish sohasidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.