Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘l sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida

Chop etish Sahifani ulashish
21.08.2020 6550 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga binoan Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ eng yaxshi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda mamlakatimiz temir yo‘l tizimini chuqur isloh qilish ustida ishlamoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 20 avgust kuni “Boston Consulting Group” (BCG) kompaniyasi vakillari bilan videokonferens aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari v.b I.Maxkamov, vazir o‘rinbosari D.Dehqonov hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.Xosilov ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar konsalting xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzish masalasini muhokama qildi. Unga ko‘ra BCG kompaniyasi mavjud tuzilma, ish tizimi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdagi muammoli masalalarni chuqur tahlil qilgan holda mamlakatimiz temir yo‘l sohasini takomillashtirish, shu jumladan temir yo‘l kompaniyasining asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan alohida ob’yektlarni hususiylashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, bu Transport vazirligi va BCG kompaniyasi o‘rtasidagi ilk hamkorlikdagi loyiha emas. Bundan avval, 2019 yil boshida kompaniya “O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va tranzit transport oqimlari hamda unga tegishli bo‘lgan transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan edi.