Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi  

Chop etish Sahifani ulashish
13.08.2024 929 Yangiliklar

Bugun, 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda deputatlar tomonidan temir yo‘l transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan muhokama qilindi.

 

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev mazkur qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza bilan ishtirok etdi.

 

Qonun loyihasi bilan, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish maqsadida tashuvchi va vagonlar, (konteynerlar) operatori huquq va majburiyatlari belgilab berilmoqda.

 

Bundan tashqari, qonun loyihasida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asoslarini yaratish, investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish hamda yo‘lovchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash imkoniyatlarini oshirishda nodavlat sektori ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida temir yo‘lda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

 

Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi obyektlari davlat tasarrufida qoldirilmoqda, vokzallar va vagonlar davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida qurish, modernizatsiya qilish va boshqarish uchun xususiy sherikka berilishi belgilanmoqda.

 

Majlisda qayd etilganidek, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi temir yo‘l transportini tartibga solish va boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga, sohada raqobat muhitini yaratishga, fuqarolarning temir yo‘l transportida harakatlanishida sifat darajasini oshirish, narxni tushirish, yo‘lovchi va yuklarni xavfsiz tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yo‘l transporti hamda xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish xizmat qiladi.

 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.