Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakat harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida

Chop etish Sahifani ulashish
20.03.2024 2281 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev raisligida “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalining katta majlislar zalida boshlangan sayyor yig‘ilishda Transport nazorat inspeksiyasi, Transport prokuraturasi, Transport IIB, “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi”, Obodonlashtirish boshqarmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli boshqarmalari, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ rahbariyati hamda “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbariyati hamda tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

 

Dastlab tadbirda, avvalgi yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar hamda Transport vaziri tomonidan tasdiqlangan “Yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi.

 

Shundan so‘ng, Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlagan 126-diagnostika laboratoriyasi orqali “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar nazorat qilib chiqildi.

 

Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

 

Transport vaziri o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruh safar davomida “Kontakt tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish vagoni”ga chiqib kontakt tarmoqlarining sozligini, ushbu zamonaviy vagonning ishlash faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

 

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan idoralararo komissiya a’zolari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga tavsiyalar berildi.