Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

Chop etish Sahifani ulashish
10.10.2023 2706 Yangiliklar

Pochtani temir yo‘llarda tashish va pochta vagonlaridan foydalanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi «Transport to‘g‘risida» va «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida pochtani temir yo‘llarda tashish hamda pochta vagonlaridan foydalanish, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yagona tartibini belgilaydi.

 

Temir yo‘llarda pochta tashish, pochta vagonlaridan foydalanish milliy operator bilan tashuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Pochta milliy operatorning pochta vagonlarida, shuningdek tashuvchining yo‘lovchi, tezyurar va pochta-bagaj poyezdlariga qo‘shiladigan vagonlarida tashiladi.

 

Yo‘lda pochtani kuzatib borish, qo‘riqlash, unga ishlov berish va pochta almashinuvi uchun pochta vagonlarida va yo‘lovchi vagonlarining maxsus moslashtirilgan joylarida sayyor brigada xodimlarining yurishiga milliy operator tomonidan berilgan guvohnomalar bo‘yicha ruxsat etiladi.

 

Sayyor brigada xodimlarining tarkibiga quyidagilar kiradi:

 

pochta vagoni boshlig‘i;

pochta vagoni boshlig‘ining yordamchilari;

kuzatuvchi-elektromontyor;

saralovchilar.

 

Zaruriy hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning pochta vagonida yurishi taqiqlanadi. Poyezdni tuzish sxemasida nazarda tutilgan pochta vagonini tarkibga qo‘shmaslik yoki yo‘lda ajratish taqiqlanadi.