Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Angor tumanlarida yangi yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
28.05.2024 753 Yangiliklar

Aholi tomonidan kelib tushgan murojaat va takliflar, hududlar bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib borish jarayonida olis va chekka hududlarda yashovchi aholining transport qatnoviga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan quyidagi yangi yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Termiz shahri:

 

SHAY 303-sonli yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilgan avtobuslar Termiz shahrining “Shimoliy avtoshohbekati”dan Termiz tumanining “Jayraxona sihatgohi” oralig‘idagi aholi yashash maskanlarini bog‘laydi.

 

Angor tumani:

 

SHAY 238-sonli yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilgan avtobuslar Termiz shahrining “Janubiy avtoshohbekati”dan Angor tuman markazi oralig‘idagi aholi yashash maskanlarini bog‘laydi.

 

Jarqo‘rg‘on tumani:

 

SHAY 202-sonli yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilgan avtobuslar Termiz shahrining “Shimoliy avtoshohbekati”dan Jarqo‘rg‘on tumani markazi oralig‘idagi aholi yashash maskanlarini bog‘laydi.

 

Sinov tariqasida Sho‘rchi tumanida:

 

SHAY 211-sonli yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilgan avtobuslar Sho‘rchi tumani markazidan Oltinsoy tumani “Paxtakor” chorrahasi oralig‘idagi aholi yashash maskanlarini bog‘laydi.

 

Hududlarda jamoat transporti qamrovini kengaytirish, aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.