Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent-Andijon” pullik yo’lini qurish loyihasi bo’yicha uchrashuv tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
21.07.2023 3780 Yangiliklar

Joriy yilning 20-iyul kuni Transport vazirligida “Toshkent-Andijon” pullik yo’lini qurish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish bo’yicha “Korea Expressway Corporation” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda loyihaning texnik xususiyatlari, loyihani moliyalashtirish masalalari, tender o’tkazish va yuridik jihatlari muhokama qilindi.