Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent davlat transport universiteti Kuzatuv Kengashining yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.07.2024 689 Yangiliklar

Bugun, 8-iyul kuni Transport vazirligida Toshkent davlat transport universiteti Kuzatuv Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda O'zbekiston Respublikasi Transport vaziri, Kuzatuv kengashi raisi Ilhom Maxkamov va Kengash a’zolari ishtirok etdi.

 

Yig’ilishda Transport vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 20-iyun kuni “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo'yicha vazifalarni berdi.

 

Shundan so'ng, Toshkent davlat transport universiteti prorektori Abdulaziz Gulamov 2024-yil 20-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi masalalar bo'yicha Toshkent davlat transport universiteti tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar yuzasidan taqdimot namoyish etdi.