Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
05.05.2020 13810 Yangiliklar

«Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan bir necha sohaviy ta’lim muassasalari negizida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilmoqda.

Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, tizimni ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion uslublari va axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda sohaning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining «Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobilь yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulьteti birlashtirilib Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinmoqda.