Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent davlat transport universiteti Xitoyning Tongji universiteti bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

Chop etish Sahifani ulashish
21.06.2024 642 Yangiliklar

21-iyun kuni Xitoyning Tongji universiteti prezidenti, prof. Pen Chjen Vey boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) ga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida tomonlar talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma diplom kurslarini yaratish va birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

 

Xitoyning transport ta’limi va tadqiqotlari sohasidagi yetakchi universiteti – Tongji universiteti bilan hamkorlik quyidagilarga imkon beradi:

 

- TDTU xalqaro hamkorlari tarmog‘ini kengaytirish;

- Universitet ta'lim dasturlarini boyitish;

- Transport sohasida ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantirish;

- O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash.

 

Malumot uchun:

 

1907-yilda tashkil etilgan Tongji universiteti Xitoyning transport sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha 7 ta eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi.


Dunyoning nufuzli QS xalqaro reytingida 192-o'rinni egallagan bo’lib, BMTga aʼzo boʻlgan 12 ta xalqaro tashkilot bilan aloqalari mavjud.