Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shaharida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashuvchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2019 6024 Yangiliklar

135m-sonli "Bo‘z bozor bekati - M.Ulug‘bek shaharchasi" yo‘nalishi tashuvchining murojaat xatiga asosan to‘xtatilayotganligi sababli, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar Toshkent shahar hududida ro‘yxatdan o‘tgan, shaharda yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lgan talabgor shaxslarga tendergacha yo‘nalish biriktirilishi to‘g‘risida ma’lum qilamiz.
Yo‘nalishda yo‘lovchi tashish istagida bo‘lgan tashuvchilar Toshkent shahar transport boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkun.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati