Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 12 may soat 24:00dan 13 may 7:00ga qadar qator ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, quyidagi ko‘chalar vaqtincha berkitiladi:
Olmazor tumani
“Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KHAY chorrahasigacha;
"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
“Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha;
“Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
Uchtepa tumani
“Abdulloh ibn mas’ud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha;
“Hazrati umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.
Yunusobod tumani
“Minor” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani
“Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY – Qushbegi chorrahasidan KHAY – Cho‘ponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani
“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha.