Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“TOSHKENT TRANSPORTI" mobil ilovasi ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.08.2021 30314 Yangiliklar

 

Ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi. Yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.

Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish, shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lishlari mumkin.

"Toshkent transporti" mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

 

Google Play  https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.transport.tashkent

AppStore    https://apps.apple.com/uz/app/transport-of-tashkent/id1565637009