Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.12.2021 4134 Yangiliklar

 

Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga, ayniqsa, talabalarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 - yil 27 hamda 29 - dekabr kunlari “Toshkent –Urganch – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur poyezdlar shu kunlari soat 23:00 da Toshkent janubiy temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.