Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.09.2023 2452 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev AQSHga xizmat safari davomida Mayami xalqaro aeroporti Marketing va savdo bo‘yicha direktori Emir Peneda bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi.

 

Mayami aeroporti 2022-yilda 50 milliondan ortiq yo‘lovchi qabul qilgan va AQSHda COVID-19 pandemiyasidan keyin birinchilar qatorida o‘sishga erisha olgan. Xususan, yuk tashuvlari bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqqan. Hozirda 56 ta  yo‘lovchi, 43 ta yuk tashuviga ixtisoslashgan aviakompaniyaga 166 ta yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Ular orasida 104 ta yo‘nalishda xalqaro va to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshiriladi.

 

Tomonlar fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha sharoitlar mavjudligini, imkoniyatlardan samarali foydalanish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini qayd etdi. Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.