Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
28.03.2024 2489 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–135-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

 

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga muvofiq shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024-yilning 1-may sanasida bo‘lib o‘tadi.

 

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

YT – 1150-sonli Toshkent sh. – Namangan sh. ikki tomondan
YT – 1151-sonli Toshkent sh. – Farg‘ona sh. ikki tomondan
YT – 1153-sonli Toshkent sh. – Andijon sh. ikki tomondan


Ushbu yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud:

 

Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalariga;

 

bunda faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi;

 

ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan;

 

sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan;

 

harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

 

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.