Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tojikiston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.04.2021 5316 Yangiliklar

 

Joriy yilning 21 - aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamda Tojikiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Saidmurodzoda Shoista o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi. Hususan, avtomobil transportida xalqaro tashuvlar va temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv doirasida ikki mamlakat temir yo‘l ma’muriyati rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tegishli bayonnomani imzolashdi.