Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
07.02.2024 2814 Yangiliklar

Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston va Qatar transport vazirliklari va temir yo‘l maʼmuriyati rahbariyati ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasida transport aloqalari va savdo munosabatlarini rivojlantirishda ushbu loyihaning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Muzokaralarda delegatsiyalar loyihaning turli jihatlarini, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari, texnik tafsilotlarni muhokama etdi.