Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transafg‘on yo‘lagi orqali Pokiston bilan tashuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.05.2024 1964 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Dushanbe shahrida Pokiston Islom Respublikasi Federal kommunikatsiya vaziri Abdul Alim Xon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Tomonlar transafg‘on yo‘lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanini yana bir bor qayd etib o‘tishdi.

 

Shu nuqtayi nazardan ushbu yo‘lak bo‘ylab bugungi kunda multimodal transport tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.