Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilganiga bir yil to‘ldi

Chop etish Sahifani ulashish
14.06.2024 2065 Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda vazirlik markaziy rahbariyati, Transport nazorati inspeksiyasi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari, inspeksiyaning markaziy apparati va barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hududiy bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

 

Transport vazirning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov tadbir avvalida vazir I.Maxkamovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

 

M.Omarov Inspeksiyaning ahil jamoasiga mamlakatimiz transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida qatnovlar va tashuvlar muntazamligini hamda harakat xavfsizligini ta’minlash, transport va yo‘l qurilishi obyektlarida amalga oshirilayotgan nazorat ishlari orqali tegishli hujjatlar talablarining ijrosini ta’minlashdagi mas’uliyatli vazifalarida muvaffaqiyat tiladi.

 

Tadbir davomida inspeksiya tizimida ham o‘zining tashabbuskorligi, xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarib kelayotgani bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan xodimlar vazirlik hamda inspeksiyaning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-94 son farmoni bilan Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilgan.

 

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.