Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
06.10.2023 2689 Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turgan Transport vaziri Ilxom Maxkamov Moskva transport harakatini boshqarish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

Ushbu markaz shahar transport harakati oqimlarini raqamli boshqarishning zamonaviy yechimlaridan samarali foydalanadi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari avtobus bazasida tashkil etilgan mobil situatsion markaz imkoniyatlarini ham ko‘zdan kechirdi.

 

Shu yerda yirik shaharlarda transport oqimini samarali boshqarishni tashkil etish, shahar ko‘chalarida transport tirbandliklarini kamaytirish masalalari yuzasidan markaz  mutaxassislari bilan fikr almashildi.