Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport tizimi xodimlari farzandlari uchun ekskursiya tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.05.2023 2011 Yangiliklar

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Transport Vazirligi tomonidan 30-may kuni transport tizimi xodimlarining farzandlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya doirasida bolalar yer usti metrosida sayr qilib, so’ngra elektrobusda sayohatlarini davom ettirdilar.

 

So’ngra tadbir qatnashchilari mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent 3 aeroportiga tashrif buyurib “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasi havo kemasi bilan tanishishdi. Ekskursiya so’ngida bolalar Anhor-Lokomotiv parkida joylashgan attraksionlarda hordiq chiqarishdi. Tadbir son’gida Transport Vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.