Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Armaniston elchisini qabul qildi

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2020 7198 Yangiliklar

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Elyor G‘aniyev Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Erevan shahrida) Aram Grigoryanni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalаlari muhokama qilindi.

Har ikki tomon ham hozirda davlatlar o‘rtasidagi yuk tashish va mahsulotlar aylanmasi past darajada ekanligi, ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun esa hamkorlikdagi  ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Xususan, xalqaro transport yo‘laklari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda ikki dalat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish va yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida transport sohasidagi bitmlarni qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldi.