Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2020 7055 Yangiliklar

Bugun, 26- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Dvornik bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida transport sohasidagi ijobiy va konstruktiv hamkorlik aloqalarini yuqori baholashdi. O‘zaro hamkorlik aloqalаrining yuqori sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida davlatlar o‘rtasida tovar ayriboshlash hajmi 150 foizga o‘sishga erishilgani alohida qayd etib o‘tildi. Kelajakda mazkur ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun tomonlar ulkan imkoniyatlarga ega ekanligi va bu borada o‘zaro hamkorlikdagi aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi. 

Xususan, Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Dvornik «AMKODOR» va “MAZ” kabi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli modifikatsiyadagi maxsus avtotransport vositalarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib berish va hamkorlikda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Transport vaziri Elyor G‘aniyev O‘zbekistonda barcha xorijiy davlat korxonalari uchun bozor munosabatlariga asoslangan raqobatbardosh shart-sharoitlar yaratilganini aytib o‘tdi. Hamda ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish O‘zbekiston va Belarus uchun birdek manfaatli ekanligini ta’kidladi.