Mamlakatimiz transport tizimida faoliyat yuritayotgan Aziz va dilbar ayollarimiz, lobar opa-singillarimiz, munis qizlarimiz!
Shaxsan o‘zim hamda vazirligimiz jamoasi nomidan barchangizni bahorning ilk bayrami 8-mart ayyomi bilan muborakbod etaman.
Professional hayotingizni transport sohasi bilan bog‘lab, siz har kuni ko‘plab murakkab va mas’uliyatli vazifalarni hal qilasiz. Sizning yuksak mahoratingiz va ishga ijodiy yondashuvingiz, yaxshi niyat va g‘amxo‘rlik ko‘p jihatdan transport tizimining qiyofasini belgilaydi.
G‘oyat mashaqqatli sinovlarga to‘la kasbingizdan baraka topib, ham ish, ham oilaga ulgurayotganingizning o‘zi ulug‘ jasorat. O‘z tabassumingiz va shirin so‘zlaringiz bilan minglab ko‘ngillarga umid va orzu, toza ruh ulashib yashayotganingiz alohida e’tirofga loyiq.
Bugun tobora ko‘r-ku chiroy ochib borayotgan ozod va obod vatanimiz — yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va rivojini sizlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Binobarin, millat va ayol so‘zi egiz tushuncha, qariyb bir ma’noni anglatadi.
Ushbu bayram bahor kunida sizga ajoyib kayfiyat, sog‘liq, oilaviy farovonlik, sevgi va baxt tilayman!
Bayramingiz yana bir karra muborak bo‘lsin, O‘zbekistonimizning aziz ayollari!
I.Maxkamov,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri