Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Litva elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
17.05.2024 2352 Yangiliklar

Bugun, 17-may kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Litvaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Egidiyus Navikas bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Transport vaziri I.Maxkamov Litva O‘zbekiston uchun Yevropa davlatlariga tashuvlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. O‘z navbatida elchi janoblari mamlakatlarimiz o‘rtasida transport va logistika yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanligini bildirdi.

 

Uchrashuv davomida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarga qulayliklar yaratish, ruxsatnoma blankalari sonini oshirish, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.