Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri OIIB vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
30.04.2024 2086 Yangiliklar

Bugun, 30-aprel kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda yurtimizda bank ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati hamda yangi loyihalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Xususan, tomonlar transport va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalari va dasturlarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan fikr almashdi.

 

Konstantin Limitovskiy mamlakatimiz transport tizimida «yashil» energiyaga o‘tish borasidagi sa’yi-harakatlar bankning bugungi kundagi ustuvor maqsadlariga hamohang ekanligini alohida ta’kidlab, ushbu yo‘nalishdagi yangi loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 

Tomonlar respublikamizda «yashil transport» tizimi ulushini ko‘paytirish maqsadida shahar jamoat transporti harakat tarkibini ekologik toza transport turlariga o‘tkazish borasidagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalarini muhokama etdi.

 

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.