Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Pokiston elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
13.06.2024 2041 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Axmad Faruk bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.

 

Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida tomonlar Afg‘oniston hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish zarurligini qayd etib o‘tdi.

 

Shuningdek, “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasi yuzasidan fikr almashildi.