Toshkent davlat transport universitetida Transport vaziri stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov ishtirok etdi.
Vazir stipendiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda Toshkent davlat transport universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Uch bosqichdan iborat tanlov yakuniga ko‘ra, quyidagi talabalar Transport vaziri stipendiyasi stipendiati bo‘ldi:
Diyorbek To‘rayev – Iqtisodiyot fakulteti IQT-5 guruh talabasi;
Go‘zal Yuldasheva – Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti TF-7r guruh talabasi;
Muhammadsolih Adxamjonov – Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti AKT-2 guruh talabasi;
Gavharshodbegim Berdiqulova – Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti TVE-5 guruh talabasi;
Dilnura Eshmurodova – Iqtisodiyot fakulteti YU-4 guruh talabasi;
Sevinchbek Qayimov – Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti AEA-1 guruh talabasi.
Eslatib o‘tamiz Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun joriy etilgan Transport vaziri stipendiyasi bir o‘quv yilida 10 nafargacha talabaga beriladi. Ushbu stipendiya kvotasi Toshkent davlat transport universiteti talabalar kontingenti ko‘payishiga qarab Transport vazirligi tomonidan oshirilishi mumkin.