Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Xitoy Eksport-import banki raisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2024 1580 Yangiliklar

7-iyun kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Pekin shahrida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulin bilan uchrashdi.


Uchrashuvda tomonlar mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro transport va tranzit yo‘laklarini tashkil etish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalar yuzasidan fikr almashishdi.


Vu Fulin janoblari Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha 6-iyun kuni imzolangan bitimni yuqori baholadi. Mazkur loyiha butun mintaqa tranzit salohiyatining oshishi, Yevropa va Osiyo o‘rtasida muhim ko‘prik sifatida xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


Xitoy Eksport-import banki tomonlar o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha moliyalashtirish shartlari kelishilib, aniq takliflar taqdim etilganidan so‘ng, bank moliyaviy ko‘mak masalasida hamkorlik qilishga butunlay tayyor, – dedi Vu Fulin.