Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Chop etish Sahifani ulashish
07.02.2024 2295 Yangiliklar

Joriy yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

 

Qabul davomida yo‘lovchi tashuvlari sohasida qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarda jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish, yo‘llarni taʼmirlash hamda logistika faoliyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan 10 nafar fuqarolardan jami 8 ta murojaatlar kelib tushdi.   

 

Qabul jarayonida murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirilib, ijobiy hal etildi.  Qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli 3 ta murojaat nazoratga olindi. 

 

Qabul yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga nazoratga olingan har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.