Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi uchrashuvi o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
25.09.2023 3488 Yangiliklar

Joriy yilning 25 – 26-sentabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror transportni rivojlantirish bo‘yicha global forum doirasida transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida transport-kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qisqa va qulay bo‘lgan transport koridorlarini tashkil etish, tranzit tashuvlarini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Transport vazirlarining “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni birgalikda amala oshirish hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida transport sohasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida faol hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida davlatlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.