Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi jamoasi donorlik aksiyasida ishtirok etdi

Chop etish Sahifani ulashish
31.05.2024 1498 Yangiliklar

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oldidan Respublika qon quyish markazida o‘tkazilgan beg‘araz donorlik aksiyasida Transport vazirligi xodimlari faol ishtirok etishdi. 

 

Donorlik sharafli yordam, mislsiz savob va xayrli tadbirdir. Ba’zida kimdir uchun bir tomchi qon yangi hayotni baxsh etadi.

 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oldidan o‘tkazilgan ushbu xayriya aksiyasi tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, bemor bolalar hayotini saqlab qolish, shuningdek, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.